Axborot xizmatiga köra, qoçoqni qölga oliş uçun barça zarur çoralar körilgan va keng qamrovda suriştiruv harakatlari olib borilgan. Natijada, K.D. dastlab Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi tanişinikida, keyinçalik Arnasoy tumanida yaşirinib yurgani aniqlangan.

«Past Darğom tumani Havuzak mahallasida yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan K.D.ga nisbatan 2022 yilning 12 mart kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgandi. 20 aprel kuni sirtdan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa oliş tarzida ehtiyot çorasi qöllanib, qidiruv e’lon qilindi. Uşbu şaxsni topiş yuzasidan tezkor qidiruv harakatlari olib borildi va u Arnasoy tumanining çekka bir hududida yaşirinib yurgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan qölga olindi. U ayni paytda Past Darğom tumani IIBga olib kelingan va tergov harakatlari olib borilmoqda», dedi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev.
Ma’lumot uçun, K.D. Past Darğomdagi 61 yoşli xasta ayolning nomusiga tekkani uçun jinoyat işi oçilgandi. Ayol 21 mart kuni şifoxonadan çiqmay, vafot etgan.
Marhumaning qizi Kun.uz’ga murojaat qilib, IIB nazoratida bölgan K.D. qoçib ketgani, olti oydan beri topilmayotganidan noroziligini bildirgandi.











