Özbekiston fuqarosi Baxtiyor Matyoqubov Toşkent, Moskva va Kiyevdagi şafqatsiz jinoyatlari ortidan possovet hududidagi aholi orasida «Özbek Çikatilosi» nomi bilan dahşat uyğotadi. U ma’şuqasidan qabul qilgan xiyonat alamini boşqa ayollardan oladi. Manyak 3 ta davlatda ayollarni vahşiylarça öldirgan.
Matyoqubov 10 dan ortiq ayollarni öldirib, jinsiy aloqa qiladi. Qurbonlarning orasida 72 yoşli pensioner ham bor edi. Xöş, uning bu jinoyatlariga faqat xiyonat sabab bölgan edimi? Tajovuzkor bolakay, ilk jinoyat, ikki davlatdagi umrbod qamoq jazosi… barçasi «Özbek Çikatilosi»ning qotillik tafsilotlari haqida.
Bolalikdagi bezoriliklar

Foto:: “Mash”
Baxtiyor Matyoqubov 1973 yilda Özbekistonda tuğilgan. Uning bezoriliklari maktab çoğlaridayoq yuzaga çiqa boşlagan. Köçadagi janjallardan tortib, oilaviy munosabatlarda ham Baxtiyorning tajovuzkor tabiati namoyon böla boşlaydi. Öşa paytlardagi oq qölqop kiyib yuriş odati uning oilasini xavotirga sola boşlagandi. Keyinçalik Baxtiyor qotilliklarini özidan iz qoldirmaslik uçun ham şunday qölqop yordamida amalga oşirgan. Bu esa uni «oq qölqopli qotil» nomi bilan tanitadi.
Matyoqubov birinçi jazoni ösmirlik çoğida, Özbekistonda olgan. U 17 yoşida talonçilik uçun qamoqqa tuşadi. Ammo hukm qisqa edi. Bölajak qotilning keyingi 15 yili, ya’ni ayni yoşlik davri talonçilik, muştlaşişlar ortidan qisqa muddatli qamoq jazolarini ötaş bilan ötadi.
Qayta-qayta kiçik jinoyatlarini takrorlaşiga qaramay, har safar u muddatidan oldin ozodlikka qöyib yuborilgan. Hammasi bölib 12 yil qamoqda ötirgan Matyoqubov ahloq tuzatiş muassasalarida özini namunali tutganligi uçun şartli yoki amnistiya bilan ozodlikka çiqarilgan.

Kiçik bezorining qotilga aylanişi
2006 yilda yana şartli ozodlikka çiqqan Baxtiyor yangi hayot boşlaş uçun Moskvaga jönadi. Biroq bu yerda uning hayoti jinoyatlar bilan boşlandi. Köp ötmay talonçilik uçun yana Ximkida hibsga olingan Matyoqubov takroriy jinoyatçi sifatida 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Şundan sakkiz yilni qamoqda ötkazgan jinoyatçi bu safar ham yaxşi xulq-atvori uçun 2014 yilda muddatidan oldin ozod qilindi.















