Oq uy rasmiy vakili Jon Ernest Vaşington Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan sanksiyalar kiritmaganiga izoh berdi.
"Sanktsiyalar kiritiş siyosatiga köra, xorijiy davlatlar yetakçilari faqatgina ma'lum bir holatlardagina qora röyxatga tuşadi", - dedi Ernest.
Jurnalistlar Oq uy vakilidan AQŞning 2015 yilda hukumat kompyuter tizimlariga uyuştirilgan kiberhujumlarga keskin javob çoralari körilmagani yuzasidan izoh berişni söraşdi. Öşanda Vaşington bunda Xitoyni ayblagan hamda öz xodimlarini ularning şaxsiy ma'lumotlari öğirlangan bölişi mumkinligi haqida ogohlantirgan, xolos.
"Bu har ikki hodisa bir-biridan farq qiladi", - javob berdi Ernest.
AQŞ razvedka hamjamiyatiga kiruvçi bir qator maxsus xizmatlar rossiyalik xakerlar saylovoldi kampaniyasi vaqtida mamlakat siyosiy taşkilotlari kompyuter tizimiga hujum qilişgani haqida ma'lum qilişgan. Bu Donald Trampga ğalaba qozonişida yordam beriş maqsadida amalga oşirilgan bölişi mumkin. Rossiyaning xakerlik hujumiga aloqadorligi yuzasidan esa bironta dalil-isbot keltirmadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kompyuter tizimlarini buzib kiriş haqida töxtalib, taqdim etilgan ma'lumotlarda Rossiyaga aloqador jiddiy heç narsa yöqligini aytib ötdi.











