Dunyoning turli burçagida bir vazifa ustida hamkorlik qilayotgan olimlar guruhi axborotni yoziş va saqlaşning yangi texnologiyasini işlab çiqişdi. U optik disklardagi axborotni saqlaş ziçligini million marta orttiriş imkonini beradi. Uşbu işlanmani Qozon federal universiteti, London imperiya kolleji va Harvard universiteti mutaxassislari ixtiro qilişdi. 

Ularning sözlariga köra, hozirda, axborotni yozişdagi eng yuqori hajm körsatkiçi çeklanganiga fizika qonunlari sababdir. Unga binoan, yoruğlikni, ayni qöllanilayotgan yoruğlik tölqini uzunligining yarmidan kam bölgan hududda jamlaş mumkin emas. Olimlar esa aynan uşbu çeklovni qaytarzda aylanib ötiş masalasini hal etişlari lozim edi. Qozon federal universiteti vakili Sergey Xarintsevning aytişiça, uşbu muammoga yeçim topilgan. 

«Yozişning yangi texnologiyasida yoruğlikni bir nuqtaga jamlaş ma'lum bir radial va azimutli qutblaşga ega bölgan lazerli yoruğlikli optik nanoantennalar yordamida amalga oşiriladi. Axborot taşuvçi hisoblanadigan disk qatlami esa, azo-böyovçi deb ataluvçi optik anizotropli polimer tasmadan yasaladi», - degan Xarintsev.

Hozirda, olimlar axborot taşuvçining tajriba namunasi ustidaa iş olib borişmoqda. U axborotni saqlaş ziçligini ta'minlay olişi kerak. Axborotni yoziş texnologiyasi bir kvadrat detsimetr maydonga 100 terabayt axborotni yoziş imkonini beradi hamda mavjud eng keng siğimli qattiq disklar körsatkiçidan 38 marotaba ortiq ma'lumotni saqlaşni ta'minlaydi. Kelgusida bu ziçlik bir kvadrat detsimetrga 1 petabayt miqdoriga yetkazilişi aytilmoqda. Bu holda, oddiy DVD-diskka yoziladigan axborot hajmi hozirgidan bir million martaga ortadi.