Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya harbiy-dengiz floti muqobil vertolyotlarga ega bo‘ladi
Tez orada Rossiya harbiy-dengiz flotida kemalardagi uchuvchisiz parvoz qila oladigan qurilmalarning yangi avlodi paydo bo‘ladi. Bu haqda, dengiz aviatsiyasi qo‘mondoni general-mayor Igor Kojin ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtlar ichida dengiz aviatsiyasi modernizatsiya qilinadi, bir-ikki yildan so‘ng, barcha uchuvchi qurilmalar parkini yangilash rejalashtirilgan. Eng eskilari safdan chiqariladi, ularning o‘rnini zamonaviy aviatsiya majmualari egallaydi.
«Yetakchi konstruktorlik byurolari mutaxassislari uchun istiqbolli yo‘nalishlardan biri kemalarda joylashuvchi muqobil uchish qurilmalarini tadqiq qilish va ishlab chiqishdir», — degan Igor Kojin.
Hozirda mavjud HDF dengiz aviatsiyasi parkini modernizatsiya qilish dasturiga ko‘ra, 2020 yilgacha dengiz aviatsiyasi harbiy qismlariga 100 ga yaqin yangi uchish qurilmalari yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, Rossiya HDF ehtiyojlari uchun yangi muqobil ayg‘oqchi-vertolyot ishlab chiqiladi. U o‘t ochishni to‘g‘rilash, nishon koordinatalarini ma'lum qilish va 50 kggacha foydali yukni tashiy oladi. Vertolyot dron vazni — 300 kgni tashkil etadi, 100 km radiusda harakatlana oladi. Ka-135 muqobil vertolyot uning bortiga o‘rnatilgan optik-elektron kuzatish tizimi bilan birga yetkazib beriladi.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026