Özbekiston hukumatida yana bir jiddiy özgariş röy berdi. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri, Adham Ahmadboyev lavozimidan ketdi.

Işonçli manbaning «Kun»ga ma'lum qilişiça, endilikda şu vaqtgaça Jizzax viloyati IIB boşliği sifatida faoliyat körsatib kelgan Azizov Abdusalom Abdumavlonoviç Özbekiston Respublikasi IIV rahbarligiga tayinlangan.

Abdusalom Azizov

Adhamjon Ahmadboyev 2013 yilning dekabrida Özbekiston IIV rahbarligida Bahodir Matlubovning örnini egallagandi.

Adhamjon Ahmadboyev

Endi u prezidentning huquq-tartibot organlari böyiça davlat maslahatçisi sifatida işlaşda davom etadi.

Abdusalom Azizov 2006-2008 yillarda "Özneftmahsulot" boş direktori, 2008-2009 yillarda Içki işlar vazirining birinçi örinbosari, 2009-2016 yillarda Jizzax viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

U şuningdek, 2008 yilda Özbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlangani haqida ma'lumotlar bor.