Çexiyaning janubida oxirgi 10 yil içida birinçi marta bir neça önlab parrandalarda parranda grippi aniqlandi. Zararlaniş hududida 3 kilometrlik qöriqlanuvçi hudud yaratilgan, deb ma'lum qildi jurnalistlarga davlat veterinariya boşqarmasi direktori Zbinek Semerad.
Mutaxassislarning fikriça, parrandalar uşbu hududdagi hovuzga uçib kelgan yovvoyi ördaklardan zararlangan bölişi mumkin. 3 km lik qöriqlanuvçi hududdan taşqari, parranda grippi aniqlangan joylarda 10 kilometrlik nazorat hududlari yaratilmoqda.
H5N8 turidagi parranda grippining yuqori patogen ştammining parrandalarda aniqlanişi holatlari oxirgi oylarda Germaniya, Avstriya, Gollandiya, Fransiya, Polşa, Vengriya va Xorvatiyada, yangi yil oldidan esa Slovakiyada qayd etilgan.












