AQŞ milliy valyutasi – dollar kursi 14 yillik eng yuqori natijani qayd etdi. Mamlakat sanoat sektorining noyabr oyidagi faolligiga doir ma'lumotlar kutilganidan ham yaxşiroq ekani ma'lum bölgaç, 3 yanvardagi savdolarda şunday körsatkiç qayd etildi. Jahonning asosiy olti valyutalari (yevro, iyena, funt sterling, Kanada dollari, Şveytsariya franki, şved kronasi)ga nisbatan nisbatini körsatuvçi indeks 103,82 punktga kötarilgan. Bundan avval, 2002 yil dekabrida şunday natija qayd etilgan edi. Bunga, şuningdek, AQŞdagi quriliş sohasidagi xarajatlar sönggi 10,5 yildagi eng yuqori körsatkiçga yetgani haqidagi xabarlar ham turtki bölgan. 

Şu bilan birga, Yetkazişlarni boşqariş institutining xabar qilişiça, sanoat mahsulotlari narxlari ham kutilganidan ziyoda bölgan. Ma'lumotlar e'lon qilingaç, yevro kursi 1,0342 dollargaça pasaygan. Bu 2003 yil yanvaridan beri ilk marta kuzatilayapti. Britaniya funtining dollarga nisbatan kursi 1,22 dollarni taşkil etgan. Ta'kidlaş joizki, dollar poygasi AQŞ prezidentlik saylovidan buyon davom etmoqda. 

FZT – Federal zaxira tizimining qayta moliyalaş stavkasini kötarişi dollar örnini mustahkamladi, xolos. Şu bilan bir vaqtda, neft kotirovkalari qulaşi qayd etildi. Brent navli neftning bir barreli 2,99 dollarga arzonlaşib, 55,39 dollarni taşkil etgan.