Aktsiyadorlik-tijorat “Qişloq quriliş bank” Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidentining 2009 yil 6 aprelda qabul qilingan “Aholi va xöjalik yurituvçi sub'yektlarining böş pul mablağlarini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori ijrosini ta'minlaş, bank omonatlari tarkibidagi muddatli va jamğarmali omonatlar salmoğini oşiriş maqsadida bir qator yangi omonat turlarini  joriy  etdi.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan bank tomonidan milliy valyutada “Qomus” muddatli omonati joriy etilgan edi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan  2017 yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinişi munosabati bilan “Qişloq quriliş bank” yangi - “Muloqot” va “Manfaat” omonat turlarini  ham  joriy  qildi. 

“Muloqot” omonatiga milliy valyutada 6 oy muddatga, “Manfaat” omonat  turiga 12 oy muddatga mablağlar qabul qilinadi va uşbu omonatlarga  hisoblangan  foizlar  har  oyda tölab  beriladi.
E'tiborga molik yana bir jihati şundaki, bank tomonidan 8 yanvar – Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan “Huquq himoyaçisi” , 14 yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan   “Vatan  himoyaçisi”, 25 yanvar kuni “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasi taşkil etilganiga 25 yil tölişi munosabati bilan “Orzular parvozi”  nomli  milliy valyutadagi yangi  omonat turlari  ham joriy qilindi. 

“Huquq himoyaçisi” omonatiga 6 oy, 9 oy, 12 oy muddatga mablağlar qabul  qilinadi  va hisoblangan foizlar har oyda tölab beriladi. 
“Vatan  himoyaçisi”  omonatiga 1 oy, 3 oy, 6 oy muddatga mablağlar qabul  qilinadi  va  hisoblangan foizlar har oyda tölab beriladi.
“Orzular parvozi”  omonatiga 12 oy, 24 oy muddatga mablağlar qabul qilinadi va  hisoblangan foizlar har oyda tölab beriladi.

“Qişloq quriliş bank” joriy etgan yana bir yangi omonat turi “Fortuna” deb nomlanib, mazkur omonatga 6 oy va 12 oy muddatga mablağlar qabul qilinadi.  Omonatga hisoblangan foizlar har oyda tölab beriladi (uşbu omonatga foizlar Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining tölov kunidagi  kursi böyiça tölab beriladi). 

ATB “Qişloq quriliş bank”  tizimida 2017 yil 1 yanvar  holatiga 39 ta omonat turiga mablağlar jalb qilinmoqda va bankning jami omonatçilari soni 77627 nafarni va ularning bankdagi qöyilmalari (uy-joy mablağlarisiz) 220,181  mlrd.  sömni  taşkil  qilmoqda.