Qoraqalpoğiston Respublikasida 2016 yilda parrandaçilikni rivojlantirişga yönaltirilgan 4 milliard 802 million sömlik 45 loyiha amalga oşirildi, 200 dan ziyod yangi iş örni yaratildi. Yil davomida barça toifadagi xöjaliklarda 3 million 330 mingdan ziyod tovuq parvarişlanib, 240 million donaga yaqin tuxum yetiştirildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Amudaryo tumanida umumiy qiymati 285 million sömlik 6 loyiha amalga oşirildi. Natijada qöşimça ravişda 19 ming boş parranda boqiş imkoniyati yaratildi va 28 yangi iş örni taşkil etildi.

Ayni paytda tumandagi 8 parrandaçilik sub'yektida 600 mingdan ziyod parranda parvarişlanmoqda. Ötgan yili ularda 9 tonna parhez göşt, 185 ming dona tuxum va inkubatorlarda minglab jöja yetiştirildi.

Xabarda aytilişiça, har bir oilada parranda bölişini ta'minlaş maqsadida 240 oilaga yigirma beş donadan jöja tarqatilgan. Bu aholining oziq-ovqatga bölgan talabini qondiriş bilan birga, dasturxon tökinligini  ta'minlaydi.