Yelizaveta II tunda Bukingem saroyi böylab sayr qilayotgan vaqtda şaxsiy qöriqçilaridan biri unga qarata öq uzişiga bir baxya qoldi. Independent naşri şu haqida xabar berdi. 

Manbaga köra, bu haqida sobiq qöriqçining özi sözlab bergan. Bir kuni tunda u saroyning içki hududini qöriqlayotgan bölgan, şunda qoronğulikda kimningdir şarpasi köringan. U "Kim bu?" deb qiçqirgan. Yaxşilib razm solib qarasa, bu qiroliça Yelizaveta II bölib çiqqan.

"Hazrati oliyalari, sizni otib qöyişimga bir baxya  qoldi", - degan qöriqçi. "Hammasi joyida. Keyingi safar sizga oldindan qönğiroq qilib qöyaman, şunda menga öq uzişga hojat qolmaydi", - deya javob bergan qiroliça. 

Bu voqea aynan qaçon bölganligi ma'lum qilinmagan. Manba ma'lumotiga köra, öşa payt qiroliçaning egnida palto bölgan.