Özbekiston Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-son qarori bilan moliya vaziri va vazirlikning vakolatlari kengaytirildi. Bu haqda Norma xabar bergan.

Unga binoan moliya vaziriga Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasining ijro etuvçi apparati tuzilmasiga, uning hududiy boşqarmalari va tuman (şahar) bölimlari tuzilmasiga tasdiqlangan xodimlar umumiy çeklangan soni doirasida zarur holatlarda özgartirişlar kiritiş huquqi berildi. (Ilgari buning uçun Prezident tomonidan qaror qabul qilinişi talab etilardi).

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomga kiritilgan özgarişlar va qöşimçalarga köra u soliq va bojxona qonunçiligidagi özgarişlarga, daromad keltiruvçi tarmoqlar korxonalarining tovar (iş, xizmat)larini sotiş hajmlari va narxlariga, soliq qarzdorligi summasiga boğliq holda, şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat soliq xizmati organlari tomonidan joylarda tuşumlarni köpaytiriş rezervlari safarbar qilinişi va oldingi hisobot çoraklari uçun yetkazilgan daromadlar prognozlarini bajariş böyiça çora-tadbirlarning qabul qilinişini inobatga olgan holda har hisobot çoragi yakunlari böyiça byudjyetlar daromadlari prognozlariga özgartirişlar (aniqlaştirişlar) kiritiş huquqini qölga kiritdi.

Bungaça vazirlikning mahsulotlarni sotiş hajmlari va soliq stavkalarining özgarişi bilan boğliq daromadlar va daromad manbalari böyiça viloyatlar böyiça özgarişlar kiritiş huquqi közda tutilgan edi, ammo byudjyetlar daromadlari prognozlariga tuzatişlar kiritiş haqida söz bormasdi. Bundan taşqari, bunday tuzatişlar kiritişga yöl qöyiladigan şart-şaroitlar batafsil tartibga solingan.