Moliya vaziri Timur Işmetov davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2020 yil ijrosi böyiça Senatga hisobot berdi.

Ma'lum qilinişiça, ötgan yili budjet xarajatlarining katta qismi koronavirus pademiyasi bilan kuraşiş çoralariga sarflangan.  

«Hisob-kitoblarga köra, koronavirus bilan kuraşiş va uning oqibatlarini yumşatiş tadbirlariga amalga oşirilgan xarajatlarning jami summasi 77,2 trln sömni yoki yalpi içki mahsulotga nisbatan 13,3 foizni taşkil etdi. Bu xarajatlarning 13,8 trln sömi davlat budjeti hisobidan, şundan 12,8 trln sömi Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi hisobidan, 3,3 trln sömi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşirildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli çegaralarning yopilişi, transport aloqalarining uzilişi xalqaro savdo operatsiyalariga salbiy ta'sir körsatdi. Bu mamlakat taşqi savdo aylanmasining 2019 yilga nisbatan 13 foizga kamayişiga va 36,3 mlrd AQŞ dollarini taşkil etişiga sabab böldi. Taşqi savdo aylanmasida eksport hajmi 15,1 mlrd dollarni, import 21,2 mlrd dollarni taşkil etdi.

Özbekistonning konsolidatsiyalaşgan budjet balansi 26,1 trln söm (YaIMga nisbatan 4,5 foiz) taqçillik bilan ijro etildi», dedi vazir.

Timur Işmetovga köra, ötgan yili respublika yalpi içki mahsuloti hajmi 580,2 trln sömni taşkil etdi va real ösiş 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,6 foizga töğri keldi. Xususan, qişloq, örmon va baliq xöjaligida ösiş 3 foizni, quriliş sohasida 9,2 foizni, sanoatda 0,7 foizni, xizmatlar sohasida 0,1 foizni taşkil etdi.