Uşbu lavozimga bungaça moliya vaziri örinbosari lavozimini egallagan Nuriddin Nebati tayinlandi.
Elvan moliya vaziri lavozimini Erdöğanning kuyovi Barat Albayroq uşbu lavozimdan ketgandan keyin 2020 yil noyabrdan beri egallab kelayotgandi.
Turk lirasi qadrsizlanişi Erdöğan markaziy bank tayanç stavkasini 3 oy içida 3 marta tuşirganini qöllab-quvvatlaganidan keyin yuz bergan.
Noyabr oyi davomida lira dollarga nisbatan 26 foizga, yil boşidan esa 40 foizga qadrsizlangan. Jumladan, ötgan hafta turk milliy valutasi kursi tarixdagi eng past körsatkiçga tuşib ketdi. Lira kursi bir dollar uçun 11,37 liradan 13,21 liragaça, ya'ni 18 foizga pasaygan. Vaholanki, yil boşida bir dollar uçun 7,3 lira berilgan.
23 noyabrda Istanbul va Anqara aholisi lira qadrsizlanişi ortida hukumatga qarşi namoyişlar ötkazgan. Erdöğanning ta'kidlaşiça, turk lirasi qadrsizlanişida “xorijiy josuslar qöli bor”.













