Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining ikkinçi sessiyasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga Erlepesov Nurullan Umirzakoviç tayinlandi.
Şu munosabat bilan bugun Qoraqalpoğiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida tayinlovga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Unda Jöqorği Kengesining Budjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qömitasi raisi Seytnazarov Berdibek sözga çiqib, yiğilganlarga yangi vazirni taniştirdi.

Nurullan Yerlepesov 1971 yilda Nukus şahrida tuğilgan. U dastlab Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan, 2010 yilda esa Qoraqalpoq davlat universitetininng sirtqi bölimini tugatgan. Mutaxassisligi: iqtisodçi, moliyaçi.












