Oppoq libos. Oq libosni yuzi nurli, najot kutiladigan inson – şifokorlar kiyadi. U hamişa oğir kunlarimizda, qiyinçilik damlarimizda jonimizga oro kirgan. Tişimiz oğrisa ham, boşimiz oğrisa ham faqat uning yoniga najot – şifo istab boramiz. Dardimizga şifo topsak, şifokorimiz qadrdon aka-ukamiz, opa-singlimizga aylanib qoladi. Ba'zan yaxşi niyatlar ila şifokor, hamşiralarning ismini farzandimizga, nabiralarimizga qöyamiz – u ham katta bölganda insonlarni davolasin, dardiga malham bölsin deb. Zero, dinimiz insonlarga foyda keltirgan, oğirini yengil qilganga ulkan savoblar, ajrlar va'da qilgan. Şifokorlik mana şunday şarafli, savobli hamda mas'uliyatli kasb!
Oq libos poklik, halollik ramzi. Ammo şifokorlikning oq libosini kiyib qora işlar (fidoyi şifokorlardan ming bor uzr sörayman) qilayotganlari ham oz emas. Ba'zi şifokorlar pul ilinjida, ba'zilari obro‘, ba'zilari amal kursiga işqiboz bölib, kim ekanligini, nima iş qilişi lozimligini unutib qöyadi – oq libosiga doğlar soçadi.
Öquvçim darsga kelmay qöydi. Tişi oğrib qolibdi. Ança kun yöq bölib ketdi. Kelgaç, şunçaki tişi oğrimagani, balki jarrohlik operatsiyasini boşidan ötkazganini aytib qoldi. Tişi oğrib stomotolog huzuriga boribdi. Doktor qurtlagan tişini igna bilan tozalayotganida igna nerv kanallari orasida sinib, milkka sançilib qolibdi. Doktor singan ignani çiqarmay, tişni yopib qöyibdi. Ukol ta'siri tarqab, oğriq zörayibdi. Oğriqsizlantiruvçi dorilarning heç biri ta'sir qilmabdi. Holat yomonlaşavergaç, boşqa şifokorga murojat qilgan. Rentgen qilingaç, milk orasida ignaning uçi borligi ma'lum bölgan. Şifokor tişni suğurib, milkni kesib, ignani olib taşlabdi. Öquvçim darsga kela boşladi, ammo hali ham oğriqlari bosilmagan, öziga kelmagan. Darsda boşini qöyib, rangi oqarib bir holatda ötiradi.
*****
Dugonam bir neça yillardan beri farzand kutadi. Har bir maqtovi qilingan, özgalar farzand körişiga sababçi bölgan şifokorning daragini topsa, darrov huzuriga çopadi, dardiga şifo izlaydi. Bir kuni xomuş holda uçratdim: şifokori yozib bergan dori va ukollarini topolmayotgan ekan. Topganlari ham juda qimmat bölib, hammasini olişga imkoni yöqligidan közi töla yoş. Dorixonaga kirdik, röyxatni körsatdik. Dorixonaçi kulib, bu dorilar örniga oddiy antibiotiklar qabul qilsa ham bölişini, qoğozda yozilgan dori bilan antibiotik tarkibi bir xil ekanligini, farqi biri özimizda, biri xorijda işlab çiqarilganiligida ekanini aytib qoldi. Dugonam könmadi. Doktor qattiq tayinlagan, olib bormasam jahli çiqadi, deya unamay turib qoldi. Bir amallab köndirdik. Qimmat dorilar örniga oddiy, tarkibi bir xil arzonroq doridan oldik. Dugonam muolajaga şifokori huzuriga ketdi. Keyingi kun gaplaşsak, şifokor dorilarni körib ularni uloqtirganini, agar farzand kerak bölsa, barça aytganlarini sözsiz bajarişini, “heç narsadan xabari yöq aptekaçilar”ni aytganini qilmay, “10 yil oliygohda öqigan” doktorga quloq solişini tayinlagan. Özi aytgan dorilar falon manzildagi dorixonadan topilişi, boşqa yerlarni qidirib ovora bölmasligini ta'kidlagan. Farzand köriş uçun hamma narsaga şay dugonam “xöp” deya yana dorixonalarni kezib çiqibdi. Oxiri ba'zi tabletkalar, ukollarni topgan, ba'zilarini topa olmagan. Topganlarini muolaja boşlaş uçun oilaviy şifoxonasiga – doktor yoniga olib çiqibdi. Doktorning çehrasi biroz yorişib, endi muolajani tezlik bilan boşlaş kerakligini aytibdi. Söralgan dorilarning ustki qismini yirtib olib, dorilarni bir tartibda içişni örgataman debdi, muolaja boşlabdi. Xullas, qolgan dorilarni topiş uçun sargardon bölib turgan kunlarida taniş şifokorimga qönğiroq qildik, dorilar haqida söradik. U taşvişli ohangda “10 yil oliygohda öqigan” şifokorga bormasligimizni, bu qadar kuçli doriga ehtiyoj yöqligini qattiq tayinladi. Buning ustiga dugonamdan söralgan dorilar çet el firmalariniki bölib, yirtib olingan har bir etiket uçun 1-2 AQŞ dollarida “xizmat haqqi” ajratilişi, buning ustiga oddiy antibiotiklardan farq qilmasligi ma'lum böldi.











