Xitoylik olimlar olov va suv ta'sir qilmaydigan qoğozni ixtiro qilişning uddasidan çiqişdi. "Şanxay jibao" gazetasining xabar qilişiça, yangi material öz xususiyatlariga köra, dunyoda yagonadir.
Qoğoz Xitoy Fanlar Akademiyasi qoşidagi Şanxay kulolçilik instituti professori Çju Intsze rahbarligi ostidagi tadqiqotçilar guruhi tomonidan işlab çiqildi. Işlab çiqaruvçilar Xitoyda öz ixtirolariga patent oliş uçun sörovnoma yöllaşdi.
Bu noorganik qoğoz yetarli darajada elastik va mustahkam bölib, favqulodda şaroitlarda unga mexanik ziyon yetmasligi alohida ta'kidlanmoqda. Tadqiqotçilarning sözlariga köra, yangi material Tselsiy böyiça 200 darajagaça haroratga çidamlidir. Öz tuzilmasi tufayli qoğoz hattoki mexanik ziyon yetgan suvni ham inkor etadi. Unga sut, şarbat yoki çoy tökilganda ham heç qanday iz qolmaydi.
Olimlarning fikriça, amaliy nuqtai nazardan, yangi materialni qöllaşning juda köplab variantlari mavjud: undan muhim hujjatlarni saqlaş va köçalardagi reklama bannerlariga ziyon yetmaslik uçun foydalaniş mumkin.
















