5 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvçi Xvan Gyo An örtasida Janubiy Koreya tomonining taşabbusi bilan telefon orqali muloqot bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qilgan.

Xvan Gyo An Şavkat Mirziyoyevni 2016 yilning dekabr oyida ötkazilgan Özbekiston Respublikasi prezidenti saylovida munosib ğalaba qozongani munosabati bilan samimiy muborakbod etgan.
Tomonlar özaro hamkorlik tarixidagi şonli sana – Özbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi örtasida diplomatiya munosabatlari örnatilganining 25 yilligi bilan bir-birini qizğin tabriklaşgan.
Şavkat Mirziyoyev va Xvan Gyo An ikki mamlakat örtasida özaro işonç, oçiqlik va hamfikrlik qaror topganini katta mamnuniyat bilan ta'kidlaşdi. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qilmoqda.
Surğil koni negizidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuini barpo qiliş böyiça ulkan loyiha ijro etilgani alohida ahamiyat kasb etişi qayd etildi. Uşbu majmua qurilişi 2016 yilning may oyida Şavkat Mirziyoyev va Xvan Gyo An iştirokida rasman yakuniga yetkazildi. Özbekiston rahbari Koreya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Xvan Gyo Anning ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlik dasturini amalga oşirişga qöşgan hissasini yuksak baholagan.
Özbekiston-Janubiy Koreya munosabatlarining istiqbollari atrofliça muhokama qilinar ekan, özaro foydali bölgan barça sohalarda yuqori texnologiyali qöşma loyihalar sonini oşirişdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani ta'kidlandi.
Ma'lumki, 2017 yilda koreyslarning Özbekistonda istiqomat qila boşlaganiga 80 yil töladi. Bu sana arafasida tomonlar ikki davlat örtasidagi döstona aloqalarni mustahkamlaşda koreys millatiga mansub hamyurtlarimiz alohida örin tutişini qayd etib, Toşkentda Koreya madaniyati va san'ati uyi qurilişini imkon qadar jadallik bilan oxiriga yetkaziş zarurligini ta'kidlaşdi. Mamlakat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida Özbekistonning koreys millatiga mansub fuqarolari faol iştirok etayotgani alohida qayd etildi.
Şavkat Mirziyoyev va Xvan Gyo An 2006 yilda imzolangan Strategik şeriklik töğrisidagi deklaratsiya tamoyillariga sodiq qolajaklarini ta'kidlab, ikki mamlakatda yuksak salohiyat mavjudligidan kelib çiqqan holda uni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitiş darkorligini qayd etişdi.











