Toşkent şahrining Sergeli tumanida metropoliten yönalişini barpo etiş işlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Quriliş joylaridan olingan fotosuratlarni Facebook ijtimoiy tarmoği foydalanuvçisi Domian Barma “Tashkent stroitsya (Tashkent is under construction)” guruhida joylaştirgan. 

Eslatib ötamiz, Toşkent metropoliteni uşbu yer usti yönalişining uzunligi 8 km atrofida böladi va Çilonzor yönalişining «Olmazor» metro bekatidan Sputnik mavzesiga qadar davom etadi. Jami 6ta bekat barpo etiladi. U Çoştepa, Mirzo Tursunzoda va Qipçoq köçalaridan Sputnik mavzesidagi Marli köçasiga qadar çöziladi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, quriliş işlari 4 yilga yaqin muddatda yakunlanadi.