Niderlandiyadagi tört öng qanot partiya hukumat koalitsiyasini tuzişga kelişib oldi. «Biz kelişuvga erişdik», dedi «Ozodlik partiyasi» (PVV)ning öta öngçi yetakçisi Gert Vilders 15 may, çorşanba kuni.
Koalitsiya tarkibiga PVV’dan taşqari öng markazçi Ozodlik va demokratiya uçun xalq partiyasi (VVD), Fermerlik-fuqarolik harakati va «Yangi ijtimoiy kelişuv» partiyalari kirgan. Ularning yetakçilari uşbu siyosiy kuçlar parlamentdagi fraksiyalari bilan kelişib olişlari kerak böladi. Hujjat mazmuni 16 may kuni ommaga e’lon qilinadi.
Yangi boş vazir kim bölişi hozirça aniq emas. Nomzodlik muhokamasi keyinroq bölib ötadi, deya tuşuntirdi Vilders. Siyosatçining özi bir neça hafta oldin vazirlar mahkamasiga rahbarlik qilişdan boş tortganini ma’lum qilgan edi.
Ryutte vazirlar mahkamasi iste’foga çiqqanidan keyin navbatdan taşqari saylovlar
2023 yil iyul oyida Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte vazirlar mahkamasi iste’foga çiqişini e’lon qildi, bu esa muddatidan oldin saylovlar ötkazilişiga sabab böldi. Iste’foga Ryuttening mamlakat migratsiya siyosatini qat’iylaştiriş taklifi sabab böldi, uni Niderlandiya hukumati koalitsiyasida iştirok etuvçi tört partiyadan ikkitasi qöllab-quvvatlamadi.
Qirollikda navbatdan taşqari parlament saylovlari 2023 yilning 22 noyabrida bölib ötdi va 150 örindan 37 tasini olgan öng qanot populistlarining ğalabasi bilan yakunlandi. Biroq, Vildersning koalitsiya tuzişga bölgan birinçi urinişi PVV muzokaraçisi iste’fosi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Mart oyida tomonlar yangi vazirlar mahkamasi a’zolarining qariyb yarmini siyosat bilan boğliq bölmagan, biroq ma’lum bir masala böyiça ekspert bölgan kişilar taşkil etişi haqida kelişib oldilar.












