Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 dekabrdagi qarori bilan “2017-2019 yillarda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi” qabul qilindi. Qaror matni Lex.uz portalida e'lon qilingan.

Hujjat iqtisodiyotdagi tarkibiy özgartirişlarni davom ettiriş, töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini modernizatsiyalaş, diversifikatsiyalaş va jadal rivojlantirişni ta'minlaş, paxta tolasi va ipak xom aşyosini çuqur qayta işlaş, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etiş yöli bilan raqobatbardoşli, taşqi bozorlarda talab qilinadigan tayyor, eksportga yönaltirilgan mahsulotlar işlab çiqariş hajmlari va turlarini kengaytiriş maqsadida qabul qilingan. 

Prezident qarori bilan paxta tolasi va ipak xom aşyosini çuqur qayta işlaş negizida taşqi bozorda talab yuqori bölgan töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarni işlab çiqariş körsatkiçlari hamda şunday mahsulotlarni işlab çiqariş böyiça investitsiya loyihalari tasdiqlangan. 

Loyihalarda xorijiy investitsiyalardan taşqari Özbekiston tijorat banklarini ham nizom jamğarmalari tarkibiga kiritiş orqali jalb etiş orqali moliyalaş közda tutilgan. 

Şuningdek, qarorda 2017 yil 1 yanvardan töqimaçilik va tikuv-trikotaj sohasining nooziq-ovqat mahsulotlari eksportidan tuşgan xorijiy valyutaning bir qismini vakolatli banklarga majburiy sotiş tartibini bekor qiliş belgilab qöyilgan. 

Bundan taşqari, 2020 yilgaça nooziq-ovqat iste'mol tovarlari işlab çiqarişda foydalaniladigan, respublikada işlab çiqarilmaydigan xom aşyo va materiallar, şu jumladan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan röyxatlarga muvofiq, komissiya şartnomalari asosida import qilinadigan uskunalar, butlovçi buyumlarini olib kiruvçilar bojxona tölovlaridan ozod etilgan (bojxona rasmiylaştiriş yiğimlari bundan mustasno). 

Respublikada işlab çiqarilmaydigan, uşbu qarorning investitsiya loyihalarini amalga oşiriş doirasida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan röyxat böyiça çetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar, butlovçi buyumlar va ehtiyot qismlar ham bojxona tölovlaridan ozod qilingan.  

Uşbu muddat davomida nooziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan soha korxonalariga ham soliq imtiyozlari va bojxona preferensiyalari taqdim etiladi.