Vazirlar Mahkamasi Özbekistonda xalqaro tijoriy arbitraj instituti taşkil etişni rejalaştirmoqda. Bu loyiha Savdo-sanoat palatasi tomonidan işlab çiqilgan va ayni vaqtda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uçun joylaştirilgan.

"Arbitraj sudining asosiy tamoyillari hakamlarning mustaqilligi va xolisligi, arbitraj hukmining yakuniyligi va majburiyligi, tomonlarning teng huquqligi hamda arbitraj işlarida körilgan ma'lumotlarning sir saqlanişidir", — deyiladi hujjatda.

Bu orqali mahalliy şirkatlarning xorijiy hamkorlar bilan çiqadigan nizolarini hal qilişning samarali mexanizmini yaratiş imkoniga erişiş mumkin böladi.

Hujjatda qayd etilişiça, arbitraj sudini hukumat va boşqaruv organlari taşkil etişi mumkin bölmaydi. Arbitraj sudi tarkibi 25 yoşdan kiçik bölmagan Özbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari yoxud fuqaroligi bölmagan şaxslardan tarkib topişi mumkin.

Hujjatda arbitraj jarayonining barça bosqiçlari — tomonlarning arbitraj şartnomasining tuzişi, arbitraj qarorini ijro etişda uning şartlari, tan oliniş tartiblari va ötkazilişi böyiça reglamentlar közda tutilgan.

Qonun loyihasi muhokamasi yanvar oyining birinçi yarmida tugallanadi va qonun apreldan kuçga kirişi mumkin.

Ma'lumot uçun, Özbekiston xorijiy investorlar bilan çiqadigan nizolarni hal qilişda 1965 yilda qabul qilingan Vaşington konvensiyasiga amal qiladi. Özbekiston ratifikatsiya qilgan mazkur konvensiyaga binoan xorijiy sarmoyador bilan davlat örtasida çiqadigan nizolar yuzasidan tomonlar qarorgohi Vaşingtonda joylaşgan Qayta quriş va taraqqiyot Xalqaro banki qoşidagi arbitraj sudiga yoki boşqa xalqaro hakamlik sudlariga murojaat qiliş huquqiga ega.

Bunda, albatta, har qanday nizo xalqaro arbitrajda körib çiqlişiga oid band tomonlar imzolagan şartnomada tegişli tarzda belgilangan bölişi kerak. Yoki nizolaşuvçi tomonlar, nizo xalqaro arbitrajda hal qilinişiga yozma tarzda rozilik berişlari kerak.

Xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilgan xorijiy şirkatlarga Britaniyaning Oxus Gold, Isroilning Metal-Tech, Hindistonning Spentex Industries Ltd., Janubiy Koreyaning Kabool textiles kabi şirkatlarini misol qiliş mumkin.

Sobiq Ittifoq davlatlari orasida Xalqaro tijorat arbitraji tizimlari Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Belarus, Ukraina kabi mamlakatlarda taşkil qilingan.