Tahririyatimizga Namangan şahrida istiqomat qiluvçi öquvçimizdan maktub keldi. Maktubda uning “Virtual qabulxona”ga yöllagan maktubi e'tiborsiz qolmagani hamda murojaat qilingan masala yuzasidan amaliy yordam körsatilgani bayon etilgan.
Quyida uşbu maktubni e'tiboringizga havola etamiz:
“Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlaşga berilayotgan e'tibordan juda ham mamnunmiz. Inson öz farzandining kamolini körişni, baxtli-saodatli bölişini orzu qiladi. Ayniqsa, qiz bolalar taqdiri ota-ona uçun juda ham mas'uliyatli.
Farzandim Matlubaxon yuragida tuğma porogi bilan tuğilgan edi. Oğir işlarni bajara olmasdi, ozgina harakat qilsa, çarçab qolardi. Şuning uçun har yili şifokorlar körigidan ötib, davolanib keladi. Bu yil u 10 yoşga töldi. Şifokorlar endi qizingizning yuragini operatsiya qildirsa ham böladi, deyişdi. Lekin operatsiya uçun ketadigan dori-darmonlar, muoalajalarga mablağ zarur ekan. Töğrisi, bu mablağ ayni paytda özimizda bölmagani uçun yordam sörab virtual qabulxonaga murojaat qildim.

Murojaatim e'tiborsiz qolmadi. Namangan şahar hokimligi menga amaliy yordam berdi. Homiylik mablaği ötkazib berildi. Viloyat kardiologiya markazida qizimning yuragini muvaffaqqiyatli operatsiya qilişdi. Hozir Matlubaxonning ahvoli yaxşi, yuragi ham bir maromda işlayapti.
Şuning uçun eng avvalo şahar hokimligiga, sahovatpeşa homiylarga, viloyat kardiologiya markazining salomatlik posbonlariga oilamiz nomidan öz minnatdorçiligimni bildiraman. Bu ğamxörlikkka javoban qizim albatta kelgusida yaxşi oila bekasi, faol inson bölib jamiyatimizga, xalqimizga xizmat qiladi.
Dilfuza Boltaboyeva,
Namangan şahri, Ğunça köçasida yaşovçi fuqaro”
Şu örinda sizni qiynayotgan masala yuzasidan murojaatlaringizni Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga yöllaşingiz mumkin ekanini eslatib ötamiz. Bundan taşqari, Özbekistonning barça şahar va tumanlarida Prezident Xalq qabulxonalari ham tuziladi.












