AQŞning dunyodagi turli mamlakatlarda faoliyat yurituvçi elçilari öz vazifalarini topşirib, vatanlariga 20 yanvarga qadar yetib kelişlari kerak. Bunday farmon Trampning ötiş ma'muriyati tomonidan berilgan, deb xabar beradi New York Times naşri amerikalik diplomatlarga asosan.
Unga köra, AQŞning barça elçilari yangi prezidentning inauguratsiyasiga, ya'ni 20 yanvarga qadar Amerikaga qaytib kelişlari belgilab qöyilgan. Naşr ma'lumotlariga köra, buyruq “barçaga tegişli” bölib, asosan Barak Obama tomonidan öz lavozimlariga tayinlangan elçilarni közda tutadi. Elçilar orasida Kosta-Rika, Çexiya, Belgiya, Yangi Zelandiya, BMTning Jyenevada joylaşgan qarorgohidagi va boşqa diplomatlar bor.
“Siyosiy” elçilar prezident mandati yakunlangaç, öz lavozimlaridan ketadi. Şuningdek, hukumat almaşganiga qaramay öz vazifalarini bajarib qoluvçi professional diplomatlar ham bor, deya ta'kidlaydi gazeta.
Tramp jamoasi vakilining ma'lum qilişiça, bunda yomon niyatni köriş kerak emas: Obama tomonidan öz vazifalariga tayinlangan elçilar Oq uy va federal mahkamalardagi minglab siyosiy amaldorlar kabi öz işidan ketadi.
“Siyosiy” elçilar bunday keskin talablarni qayta körib çiqiş uçun AQŞning bölajak davlat kotibi Reks Tillerson yoki Trampning ötiş ma'muriyati vakillaridan biriga murojaat qilişlari mumkin, deb yozgan naşr.
AQŞning Özbekistondagi elçixonasi bilan boğlanganimizda bu holat mamlakatning yurtimizdagi elçisiga tegişli bölmasligi haqida ma'lum qilişdi. 2014 yilning 18 dekabr kuni öz vazifasini boşlagan Pamela Spratlen Özbekistonda qoladigan böldi.
AQŞ elçixonasi bu vaziyat yuzasidan "Kun.uz"ga şunday izoh berdi: “Biz elçi Spratlen AQŞning Özbekistondagi elçisi bölib öz xizmatini davom ettirişini kutmoqdamiz. Elçi Spratlen karera diplomati hisoblanadi. Bu esa uni siyosiy tayinlov bilan lavozimga kirişganlardan farqli ravişda, prezidentning 20 yanvar kuniga belgilangan inauguratsiyasiga qadar iste'foga çiqiş böyiça amaldagi talablardan ozod etadi”.












