Xitoy hukumati Tibet muxtor tumanida gravitatsiya tölqinlarini örganiş maqsadida teleskoplar barpo etişni rejalaştirmoqda. 

Sinxua agentligining Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi Milliy astronomiya observatoriyasi (NAOC) katta xodimi Yao Yuntsyanga tayangan holda xabar qilişiça, Ngari-1 deb nomlanuvçi ilk teleskop qurilişi allaqaçon boşlab yuborilgan. Umuman, loyiha ikki bosqiçda amalga oşiriladi. 

Yao Yuntsyanning sözlariga köra, dastlabki teleskop dengiz sathidan 5250 metr balandlikda barpo etiladi. 2021 yilda foydalanişga topşiriladigan teleskop kuzatuv işlariga  kirişadi va Şimoliy yarim şardagi gravitatsiya tölqinlari borasida aniq ma'lumotlarni töplaydi. 

Xitoylik olimlar, şuningdek, uşbu loyiha doirasida kelgusida Ngari-2 teleskoplari tarmoğini taşkil etişni rejalaştirişgan. Ular dengiz sathidan 6 km balandlikda joylaşadi. Mazkur loyihani amalga oşiriş 18,8 million dollarga baholanmoqda. 

2016 yilning fevralida Xitoy hukumati gravitatsiya tölqinlarini örganiş maqsadida mutaxassislarni jalb etişni rejalaştirayotgani xabar qilingan edi. Öşanda, olimlarga yillik 153 ming AQŞ dollari miqdorida maoş va'da qilingan. 

Ehtimollar nazariyasi muallifi Albert Eynşteyn tomonidan gravitatsiya tölqinlari mavjudligi taxmin qilinganidan 100 yil ötib, uşbu tölqinlar aniqlangani fan tarixidagi ulkan voqelik böldi. Tölqinlar amerikalik olimlar guruhi tomonidan 2015 yil 14 sentabrda Luiziana va Vaşington ştatlarida barpo etilgan LIGO gravitatsiya observatoriyalari tomonidan aniqlangan edi. Olimlar ayni kaşfiyot uçun 2016 yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlangandi.