«Tottenhem» yarim himoyaçisi Dele Alli «Real» va «Barselona» jamoalari nişonida turibdi. Bu haqda Britaniyadagi naşrlar xabar tarqatmoqda.

Daily Mirror ma'lumotiga köra, «Real» bu futbolçini avvaldan kuzatib kelmoqda. Endilikda u «Barselona» jamoasi qiziqişlari doirasiga ham tuşgan.

«Tottenhem» bu 20 yoşli futbolçisini 70 million funtga baholagan.

Bundan oldinroq uşbu futbolçiga Xitoy jamoalaridan biri haftasiga 1 million dollar miqdorida maoş tayinlaşga tayyorligi xabar qilingandi.

Joriy mavsumda Dele Alli «Tottenhem» safida 25 uçraşuv ötkazgan va 11 gol urib yana 4 golga hammualliflik qilgan.