Aksariyat kishilar hayotning muayyan qismini bir manzildan ikkinchisiga yetib olishga sarflashadi. Ertalab turib, ishga ketayotganimizda ko‘pincha  yo‘llarning tirbandligiga duch kelamiz, kechqurun uyga qaytayotganimizda yana shu ahvol... Bu vaziyat katta shaharlarda yashovchi har bir kishiga tanish va afsuski, hozircha bu borada yaxshi tomonga o‘zgarishlar yo‘q. Don't Panic nashri aholisi doimiy tirbandlikdan aziyat chekuvchi 10 megapolis ro‘yxatini taqdim etdi. 

 

10-o‘rin. Buenos-Ayres, Argentina

Buenos-Ayres shopping uchun eng yaxshi joy bo‘lishi mumkin, axir uning ko‘chalari zamonaviy butiklarga to‘la. Biroq, yo‘llarda muammolarga duch keluvchi shaharlar orasida ham uning nomi qayd etilgan. Bu yerda munatazam ravishda yo‘l-transport hodisalari (YTH) sodir bo‘ladi, chunki mahalliy haydovchilar bunday tirbandlikda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishmaydi. 

 

9-o‘rin. Gvadalaxara, Meksika

Gvadalaxaraning ajoyib va rang-barang madaniyati mamlakat faxri hisoblanadi. Mahalliy aholi jamoat transportidan ko‘ra o‘z transport vositalarini afzal ko‘radi. Bu esa shundoq ham mukammallikdan yiroq bo‘lgan shahar tizimiga og‘irlik qiladi. Bundan tashqari, shaharda uglerod oksidi muammosi mavjud: atrofdagi o‘rmonlar uni qayta ishlay olmaydi.

 

8-o‘rin. Bangkok, Tailand

Bangkok ko‘chalari bo‘ylab harakatlanish — o‘lim bilan o‘ynashishdek gap. Tezkor skuterlarning ko‘pligi hattoki eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadi, endigina mashina haydashni o‘rganganlarni esa gapirmasa ham bo‘ladi. Tropik iqlim bu vaziyatni yanada qiyinlashtiradi: jaziramadan asfalt ham erib ketadi. 

 

7-o‘rin. Rim, Italiya