«Mançester Siti» boş murabbiyi Xosep Gvardiola Angliyadagi işiga baho berib ötdi.

«Menda turli xil ğoyalar bölgan. Misol uçun uç himoyaçi bilan öynaş. Bu taktika iş bermaganda, har doim ayb murabbiyda böladi. Men heç qaçon öyinçilardan nolimayman.

Men ular qanday iştiyoq bilan maşğulotlar olib borayotganini körib turibman. Ular haqiqatan ham özlarini körsatiş uçun tinim bilişmayapti. Mening vazifam ularga yordam beriş.

Ba'zida mening ğoyalarim unçalik yaxşi foyda bermaydi. Çunki men hamon futbolçilarni, örganiş, ularni tuşuniş va kim qaysi pozitsiyada yaxşiroq öynaşi bilan tanişiş jarayonidaman.

Men Angliyani özgartirmoqçi emasman, buni istamayman ham. Albatta, Angliya meni özgartirdi. Aynan şu sababdan ham bu yerga kelgandim. Bu esa juda yaxşi.

15-20 yil faoliyat olib boradigan murabbiy uçun butun faoliyati davomida bir işni takrorlaş juda zerikarli. Million marta takrorlaganman: bu yerga öz öyin uslubimni Angliyaga moslaştiriş uçun kelganman», – deya gapirib ötgan Gvardiola.