Qadimdan odamlar tabiiy suv havzalari yaqinida qönim topişni afzal bilganlar. Şaharlarning qurilişi uçun asosan keng pastliklar hamda daryo va köllar sohillari tanlangan. Biroq ba'zi xalqlar uçun bu masalada suv emas, balki qimmatbaho zaxiralar va öz xavfsizligi birinça örinda turgan. Ular öz uylarini murakkab iqlim şaroitlariga ega va ğanimlar yetib borişi qiyin bölgan hududlarda qurişgan. Qalin junglilar, çekka orollar va sayyoramizdagi eng issiq va eng sovuq joylar ularning uylariga aylangan. Bunday odamlarning hozirgi avlodlarida turmuş uçun qulayroq bölgan joylarga köçib ötiş imkoni bölsada, ba'zi sabablarga köra ular ota-bobolarining makonlarini taşlab ketişni istamaydilar va ajdodlari kabi, hayot uçun juda ekstremal şaroitlarga könikib yaşaydilar.
Quyida odamlar yaşaydigan şunday ekstremal şaroitlarga ega hududlar keltirilgan.

Yava oroli, Indoneziya
Merapi vulqoni Indoneziyaning 128 ta vulqonidan eng faoli hisoblanadi. Unda kiçik otilişlar yiliga 2 marta, yiriklari esa 7 yilda bir marta yuz berib turadi. 2010 yildagi şunday vulqon otilişi 353 kişining umriga zomin bölgandi. Vulqon ostida taxminan 500 ming indoneziyalik yaşaydi.

La-Rinkonada, Peru
Uşbu şahar And toğlarida dengiz sathidan 5100 metr balandlikda joylaşgan. Bu sayyoramizdagi eng baland joylaşgan aholi punktidir. Odamlar bunday ekstremal hududga oltin rudasi uçun köçib ötganlar. Şaharda kanalizatsiya va oqova suvlar tizimi yaxşi rivojlanmagan, şu bilan birga şahar aholisi borgan sari köpaymoqda. 2009 yilda şaharda 30 mingga yaqin kişi yaşagan.

Motuo, Xitoy
Bu şaharni taşqi dunyo bilan faqatgina 200 metrlik osma köprik boğlaydi. Boşqa barça yöllar yo köçkilar, yo sellar bilan barbod qilingan. Buddaviylar bu yerni yerdagi muqaddas joy deb hisoblaydilar. Motuo aholisi 10 ming kişini taşkil qiladi.


















