2017 yilning 7 yanvarida prokuratura xodimlari bilan bölib ötgan majlisda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yetarliça nazorat örnatilmagan sohalar haqida söz yuritdi.
"Onalik va bolalikni muhofaza qiliş aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlaş borasida ham yetarli nazorat örnatilmagan. Oqibatda onalar ölimi Surxondaryo, Farğona, Xorazm viloyatlarida, gödaklar ölimi esa Toşkent va Sirdaryo viloyatlarida köpaygani kuzatilmoqda. Nima uçun bir gödakning ölimidan keyin öşa viloyat prokurori jar solmaydi? Nimaga buning tagiga yetib borilmaydi? Kimning aybi bilan hayotdan köz yumdi bular? Nima uçun şifokor öz vaqtida qaramagan? Şuning uçun hammasini yaxşilab öylab yozinglar, hammasi uçun javob beradigan vaqt keldi. Bu barça sohalarga tegişli!", - deya ta'kidladi davlatimiz rahbari.
Şuningdek prokuratura idoralari tomonidan tölov intizomiga oid qonunlar ijrosi ustidan yetarli nazorat olib borilmayotganligiga ham e'tibor qaratildi. Buning oqibatida ötgan yili Toşkent şahri hamda Sirdaryo, Xorazm va Toşkent viloyatlari debitor qarzdorlik darajasi oşgani davlatimiz rahbari tomonidan alohida ta'kidlandi. Buning oldini oliş, sudgaça yetkaziş va nazorat qiliş işlariga befarq qaralganligiga işora qilindi.
Şu bilan birga yoqilği va energetika resurslaridan oqilona foydalaniş hamda kommunal xöjalik sohasida prokuror nazorati talab darajasida emasligi ta'kidlandi. Bu sohada köplab qonunbuzarliklarga yöl qöyilganligi aytildi.
"Kommunal tölovlari sohasida umumiy qarzdorlik kun sayin ösib borayotgani va juda katta raqamlarni taşkil etayotgani hammamizni taşvişga solişi kerak", - dedi Ş. Mirziyoyev. Bunday holatlar ayniqsa, Toşkent, Jizzax, Andijon, Sirdaryo viloyatlari hamda Toşkent şahrida keskin oşib ketgani afsus bilan qayd etildi. Prokurorlar bu masalada ham javob berişi ta'kidlandi.
Bundan taşqari, mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bölgan qişloq xöjaligi sohasidagi qator kamçiliklarga ham töxtalib ötildi - yerdan noqonuniy foydalaniş, uni talon-taroj qiliş, uy-joy quriş va boşqa maqsadlarda foydalanişga asossiz yöl qöyib kelinganligiga e'tibor qaratildi. Misol tariqasida 7665 gektar yer maydonidan noqonuniy foydalanib kelingani körsatildi. Albatta bu yerda boşqa idora vakillarining ham aybi borligi, lekin qonun ustuvorligi prokurorlar tomonidan ta'minlanişi kerakligi ta'kidlandi.
Şularning barçasidan kelib çiqqan holda prokuratura organlari quyidagi dolzarb masalalarga alohida e'tiborni qaratişi şart ekanligi qayd etildi:
- iş haqi, pensiya va nafaqalarning keçiktirilişi, mehnat va ijtimoiy huquq buzilişiga murosasiz böliş;













