Maşhur aktyor Arnold Şvartsenegger AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Trampning tanqidiga tvitterda javob berdi.
Avval Tramp Şvartseneggerga prezidentlik saylovlarida Xillari Klintonni qöllab-quvvatlaganini eslatib, aktyorni u boşlovçilik qilgan "Maşhurning şogirdi" realiti-şousining past reytinglari uçun tanqid qilgandi. Aktyor şouning boşlovçisi bölgan, biroq muvaffaqiyatga erişa olmagaç, uni past reytinglar sababli tark etgandi.
"Men sizga katta omad tilayman. Umid qilamanki, siz barça amerikaliklar uçun reytingiz uçun işlaganday astoydil işlaysiz", deb javob bergan aktyor.
Bundan taşqari, aktyor Trampga AQŞning 16-prezidenti Avraam Linkolnning sözlarini unutmaslikni maslahat bergan.
"Biz duşmanlarmasmiz. Biz barçamiz amerikalikmiz", deb Linkolnning sözlarini eslatib ötgan aktyor.












