Italiya çempionatining 19-turida «Yuventus» «Bolonya»ni qabul qildi. Uçraşuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi işonçli ğalabasi bilan yakunlandi.

Gonsalo Higuain dublga erişgan bölsa, Dibala penaltidan samarali foydalandi. 

Jamoa endilikda 45 oçkosi bilan A Seriyada peşqadamlik qilişda davom etmoqda.

Turning yana bir uçraşuvida «Milan» öz uyida «Kalyari»ni qabul qildi.

Uçraşuvning 88-daqiqasiga qadar öyinda hisob oçilmagandi. Aynan öşa daqiqada Karlos Bakka 98 kunlik tanaffusdan keyin ilk marta gol kiritdi. Mana şu gol Montella şogirdlariga muhim oçkoni keltirdi.

«Milan» uşbu ğalabadan keyin 36 oçko bilan beşinçi örinda bormoqda. «Kalyari» esa 23 oçko bilan 14-poğonani band etib turibdi.

«Udineze» «Inter»ni qabul qildi. Udinedagi «Friuli» stadionida keçgan uçraşuv 2:1 hisobida neradzurrilar jamoasi foydasiga hal böldi. 

17-daqiqada Yakub Yankto mezbonlarni oldinga boşladi. Birinçi bölim oxirida Ivan Perişiç javob golini yölladi. Öyinning 87-daqiqasida Perişiç dublni rasmiylaştirib, jamoasiga ğalaba olib keldi.

Bu ğalaba «Inter» uçun A Seriyada qatorasiga törtinçi ğalabaga aylandi.

Endilikda «Inter» 33 oçko jamğargan holda turnir jadvalida beşinçi öringa kötarildi. «Udineze» esa 25 oçkosi bilan 11-örinda bormoqda.  

Italiya A seriyasi
Yuventus – Bolonya 3:0
Gollar: 1:0 – 7 Higuain, 2:0 – 41, penalti Dibala, 3:0 – 54 Higuain. 
Yuventus – Neto, Lixtştayner, Kellini, Bardzali, Xedira (Rinkon, 81), Asamoa, Sturaro, Markizio, Pyaniç (Kuadrado, 70), Dibala, Higuain(Manjukiç, 73).
Bolonya – Mirante, Masina, Mayyetta, Ikonomu, Torosidis, Viviani, Donsa, Jyemayli (Pulgar, 71), Kreyçi (Ritstso, 71), Di Françesko (Mune, 88), Destro.
Ogohlantirişlar: Lixtştayner (17), Torosidis (35), Di Françesko (45).

Milan – Kalyari 1:0
Gol: Bakka (88).
Milan: Donnarumma, Paletta, De Şilo, Abate (Antonelli, 27), Romanoli, Bonaventura (Bertolaççi, 65), Lokatelli, Paşaliç (Lapadula, 79), Suso, Nyang, Bakka.