Çortoq tumanida yaşovçi Sohib Fozilov (ism-familiyalar özgartirilgan) xotini bilan ajraşganiga tört yil ötgan bölsa-da, turli bahonalar bilan aliment tölaşdan özini çetga olib keldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Fuqarolik işlari böyiça Uçqörğon tumanlararo sudining 2012 yil 17 iyuldagi hal qiluv qaroriga asosan S.Fozilov turmuş örtoği Laylo Fozilovaga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uçun aliment tölab borişi belgilangan edi. Ammo sudning uşbu qaroriga panja orasidan qaragan, qonuniy burçini bajarişdan oçiqçasiga boş tortgan “ota” hal qiluv qarori çiqqanidan boşlab joriy yilning 1 iyuliga qadar jami 11 mln. sömdan oşiqroq miqdordagi aliment pulini tölamay keldi.
Orada xotini birinçi va sönggi marta Sohibdan 750 ming söm pul undirişga muvaffaq böldi. Nihoyat yetişmovçiliklardan zada bölgan, farzandini bir özi boqişga qiynalib qolgan L.Fozilova noqobil eri ustidan ariza berdi...
S.Fozilov voyaga yetmagan farzandini ta'minlaşdan boş tortib kelganligi uçun Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga muvofiq, unga nisbatan tegişli jazo tayinlandi. Uning sobiq turmuş örtoği, jabrlanuvçi Laylo Fozilovaning foydasiga 10 mln. 994 ming 89 söm undirib berilişi belgilandi.












