Inson — juda tirişqoq va mehnatkaş mavjudot. Bu ayniqsa Rossiyaning kiçik Oymyakon qişloğida yaqqol közga taşlanadi. Zero, bu maskan insoniyat muntazam yaşaydigan eng sovuq joy hisoblanadi. Bu yerda qiş mavsumida örtaça harorat - 50 daraja sovuq atrofida, rekord esa 1924 yilda qayd etilgan, öşanda Frayengeyt böyiça 71,2 daraja sovuq harorat kuzatilgan. Sarguzaştlar işqibozi va suratkaş Amos Çappl Oymyakon va uning yaqinidagi Yakutsk şahrida bölib, bu yerdagi odamlar va tabiatning suratlarini muhrlab qaytdi. InsiderPro naşri uşbu fotojamlanmani taqdim etdi.
Uning sayohati Saxa respublikasi poytaxti bölmiş Yakutsk şahridan boşlandi, u dunyodagi eng sovuq poytaxt hisoblanadi.

Şaharda 300 mingga yaqin kişi istiqomat qiladi, qiş mavsumida bu yerdagi örtaça harorat 34,4 daraja sovuqni taşkil qiladi.

Çapplning hikoya qilişiça, harorat sovuq bölişiga qaramay, şahar aholisi u bilan juda döstona munosabatda bölgan. "Bu yerliklar hayotning quvonçli damlarini qadrlaşadi va juda yaxşi kiyinişadi", - deydi Çappl.

Ular favqulodda sovuq haroratga qanday çidaşadi? Çapplning sözlariga köra, bunda ularga asosan spirtli içimliklar yordam beradi.

Çappl dastlab Yakutskdagi kiçik mehmonxonada töxtadi, biroq keyin mahalliy aholi bilan döstlaşib olib, ularning uyida qoldi. "Men minnatdorçilik ramzi sifatida taom tayyorlaşga harakat qildim, ammo Şarqiy Sibir likopçasini töldirişning uddasidan çiqolmadim".

Uning aytişiça, Yakutsk özining olmoslari tufayli mustahkam iqtisodiy asosga ega.




























