Fransiyada prezident lavozimiga yana bir nomzod paydo böldi. Bu lavozimga öz nomzodini "Fransiyani seviş" harakati yetakçisi va sobiq bankir Olive Reji qöydi, deb xabar bermoqda France Info radiostansiyasi.

52 yoşli Reji 597 fransuz meri va boşqa amaldorlarning imzosini töpladi, yana 150 nafar amaldor uni qöllab-quvvatlaşga tayyorliklarini bildirganlar. Hammasi bölib kamida 500 imzo kerak. Rejining aytişiça, uning saylovoldi kampaniyasi oxirigaça uni ming amaldor qöllab-quvvatlaydi.
2003 yilgaça Reji bankda işlagan, biroq keyin bu faoliyatdan voz keçib, Val-d'Uaz departamentida maslahatçi bölgan. U "Fransiyani seviş" harakati asosçisi hisoblanadi. Bu harakatga 300 kişi a'zo.
Fransiya prezidenti saylovlari ikki bosqiçda 23 aprel va 7 mayda bölib ötadi. Mamlakat prezidenti lavozimiga asosiy nomzodlar "Milliy front" partiyasi rahbari Marin Le Pen va Fransiyaning sobiq boş vaziri Fransua Fiyon hisoblanadilar.











