Xitoy vodorod yonilği elementlarida işlovçi kiçik elektr dvigatelli samolyotini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. "Ketszi jibao" naşri yozişiça, bu samolyotning birinçi parvozi Şenyan şahrida bölib ötdi.

Bir örindiqli samolyot öz parvozini 320 metr balandlikda amalga oşirdi hamda ajoyib körsatkiçlar va barça tizimlarning hattoki Tselsiy böyiça -20 gradus sovuqda ham barqaror işlaşini namoyiş qildi. Samolyot yaratuvçilarining aytişiça, parvoz vaqtida atrof-muhitga heç qanday zararli çiqindilar çiqarilmagan. 

Samolyot Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi Dalyan kimyoviy tadqiqotlar byurosi va Lyaonin aviatsiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda yaratilgan. Samolyotni yaratişda elektr dvigatelda işlovçi RX1E samolyoti va xitoylik olimlar tomonidan yaratilgan, vodorod elementlarida işlovçi 20 kilovattlik elektr dvigatel asos qilib olindi. Parvoz va balandlikka kötariliş vaqtida dvigatelga qöşimça tortiş kuçini quvvatlanuvçi akkumulyatorlar beradi. 
Bu samolyot paydo bölişi bilan Xitoy AQŞ va Germaniyadan keyin bunday texnologiyaga ega bölgan dunyodagi uçinçi davlatga aylandi.