Amerikalik hajvçi Jimmi Fellon 74 - "Oltin globus" kinomukofotini topşiriş marosimi oçilişida AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Trampni "Taxtlar öyini" serialidagi qirol Joffri Barateonga qiyosladi. Bu haqida The Hill naşri xabar berdi.
"Köpçilikda savol tuğiladi - qirol Joffri hayot bölganda nima bölar edi? Buni 12 kundan keyin bilib olamiz", - dedi Fellon (20 yanvarda Donald Trampning inaguratsiyasi bölib ötadi).
Marosim davomida kino rivojiga qöşgan hissasi uçun mukofot olgan aktrisa Meril Strip ham respublikaçini tanqid qildi. U Trampning jismoniy jihatdan nosoğlom jurnalist Serj Kovaleskiga parodiyasini eslatib ötdi.
"Mamlakatimizdagi boş lavozimni egallaş uçun kuraşgan inson nogiron muxbirning ustidan kuldi", - dedi u. Aktrisa bu lavha unga qattiq ta'sir körsatganini ta'kidladi, "çunki bu filmda emas, hayotda röy berdi".
"Oltin globus" kinomukofotining 74-marosimi 8 yanvar kuni Los-Anjyelesda bölib ötdi. "Jimmi Fellon bilan keçki şou" telekörsatuvi orqali tanilgan Fellon kinomukofotga boşlovçilik qildi.












