«La-La Lend» musiqali filmi yettita mukofotni qölga kiritib «Oltin globus» rekordçisiga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Kartina rejissyorlik, ssenariy va eng yaxşi komediya va myuzikl uçun mukofotlarga ega çiqdi. Bundan taşqari, filmdagi boş rollarni ijro etgan Rayan Gosling va Emma Stoun, bastakor Jastin Gurvits hamda uning hammualliflari mukofotga loyiq topilgan.

Ma'lumot uçun, avvalgi rekord «Kakku uyasi uzra uçib ötayotib» hamda «Yarim tungi ekspress» filmlariga tegişli bölib, ularning har biri oltita mukofotni qölga kiritgan.