
«Oy nuri» filmi «Oltin globus» mukofotini «Eng yaxşi drama» yönalişida qölga kiritdi. U Mel Gibsonning «Vijdon nuqtai nazaridan», Gart Devisning «Şer», Devid Makkenzini «Istalgan yöl bilan» va Kennet Lonnerganning «Dengizdagi Mançester» kartinalarini ortda qoldirdi.
Keysi Afllek esa «Dengizdagi Mançester» filmidagi roli uçun eng yaxşi dramatik aktyor deb tan olindi.

«Eng yaxşi dramatik aktrisa» yönalişidagi mukofot Izabel Yupperga «U» filmidagi roli uçun topşirildi. U bu nominatsiyada Natali Portman («Jyeki»), Emi Adams («Keliş»), Jyessika Çesteyn («Miss Sloun») va Rut Neggani («Seviş») ortda qoldirgan.

Rejissyor Pol Verxovenning «U» filmi «Oltin globus»ni «xorijiy tildagi eng yaxşi film» nominatsiyasini qölga kiritdi. Şuningdek, bu yönalişda Ud Benyaminning «Ilohiylar», Çili kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan «Neruda», rejissyor Maren Adening «Toni Erdmann» hamda eronlik rejissyor Asqar Farhodiyning «Sotuvçi» kartinalari sovringa egalik qiliş uçun taqdim etilgandi.
«La-La Lend» myuzikli rejissyori Demen Şazell «Oltin globus»ni «Eng yaxşi rejissyor» yönalişida qölga kiritdi. Bu nominatsiyada Mel Gibson («Vijdon nuqtai nazaridan»), Tom Ford («Tun qoronğusida») va Barri Jyenkins («Oy nuri») nomzodlari ham qöyilgandi.














