"Al-Jazira" telekanalining "Yangiliklar poygasi" körsatuvida ötkazilgan onlayn-ovoz beriş natijalariga köra Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan "2016 yil odami" deb topildi. Ovoz berişda 130 mingdan köproq odam iştirok etgan.
Körsatuv har hafta öz tomoşabinlariga "Hafta odami" va "Haftaning eng muhim voqeasi"ni tanlaşni taklif qiladi. Biroq bu marotaba Yangi yil munosabati bilan tomoşabinlar 2016 yil odamini tanlaşlari kerak böldi.
Telekanalning Facebook’dagi sahifasida ötgan ovoz berişning 1-bosqiçida tomoşabinlar 10 nafar nomzoddan "Yil odami"ni tanlab olişlari kerak edi.
2-bosqiçda nomzodlar soni 4 nafargaça qisqardi: Erdöğan, suriyalik bola Umron, tunislik aviakonstruktor Muhammad Az-Zavariy va Marokaş boş vaziri Abdalil Bankiran.
Erdöğanga tomoşabinlarning 40 foizi ovoz bergan.












