9 dekabr kuni TIME jurnali «2024 yil odami» unvoniga nomzodlar röyxatini e’lon qildi.

Röyxatga quyidagi şaxslar kiritilgan:

- AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris;

- Uels malikasi Keyt Middlton;

- tadbirkor Ilon Mask;

- Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya;

- Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu;

- AQŞ Federal zaxira tizimi raisi Jyerom Pauell;

- podkaster Jo Rogan;

- Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum;

- AQŞ bölajak prezidenti Donald Tramp;

- Meta boş direktori Mark Tsukerberg.

TIME jurnali Ilon Maskka bağişlangan annotatsiyada biznesmenni 2024 yilda «siyosat olamiga qadam qöygan dunyodagi eng boy odam» deb atadi. Binyamin Netanyahu, TIME fikriga köra, «bu yilgi dunyodagi eng kuçli va ziddiyatli liderlardan biri», Yuliya Navalnaya «Rossiya muxolifatining «birinçi xonimi», Donald Tramp esa «jinoyatda aybdor deb topilgan birinçi saylangan prezident»dir.

TIME 12 dekabr kuni özining «Yil odami»ni e’lon qiladi.

1927 yildan beri TIME jurnali «yaxşi yoki yomon bölişidan qat’i nazar», sönggi 12 oy içida dunyoga eng katta ta’sir körsatgan şaxs, guruh yoki konsepsiyani tanlaydi. 2023 yilda bu unvonni xonanda Teylor Svift oldi.