Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berişiça, 11 yanvar kuni Toşkentda havo özgarib turadi, keçqurun biroz yomğir yoğib, qorga aylanişi, keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şarqdan esayotgan şamol öz yönalişini özgartirib, ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Keçasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo özgarib turadi, ba'zi joylarda qor yoğib, tuman tuşişi mumkin. Ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan şamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo özgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yoğingarçilik bölib, tuman tuşişi mumkin. Ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan şamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq böladi.

Toşkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo özgarib turadi, ba'zi joylarda vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik bölib, tuman tuşişi mumkin. Ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan şamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo özgarib turadi, ba'zi joylarda vaqti-vaqti bilan biroz yomğir yoğib, tuman tuşişi mumkin. Ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan şamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo özgarib turadi, yoğingarçilik bölmaydi. Ba'zi joylarda tuman tuşişi mumkin. Şarqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda şamol esadi. Keçasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq böladi.

Respublikamizning toğli hududlarida havo özgarib turadi, ba'zi joylarda qor yoğib, tuman tuşişi mumkin. Qor köçişi xavfi bor. Ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan şamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 3-8, kunduzi 0-5 daraja sovuq böladi.

Sinoptiklar payşanba — şanba kunlari Respublika böylab örtaça  -3…-5 daraja sovuq tuşişini xabar qilişmoqda.