AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) direktori Jon Brennanning bayonot berişiça, mamlakatning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakat razvedka tuzilmasini nazar-pisand qilmayapti va uni yetarliça baholamayapti. Bu esa, Qöşma Ştatlarga nisbatan tahdidni kuçaytirişi mumkin. U bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida söz yuritgan.
«Yangi ma'muriyat — va har qanday prezident — yaxşi tuşunib olişi kerakki, bu murakkab va xavfli dunyoda razvedka tuzilmasi va malakali josuslar mamlakat xavfsizligini ta'minlab, uning manfaatlarini himoya qiladi», — degan Brennan.
Uning qöşimça qilişiça, buni tuşunmagan har qanday prezident yoki uning ma'muriyati mamlakatning xavfsizlik sohasidagi manfaatlarini xavf ostiga qöyadi.
Rossiyaning AQŞ saylovlariga aralaşganiga doir hisobot xususida söz yuritgan Brennan, xulosalarning töğriligi va yuz berayotgan jarayonlarni yaxşi anglab turganini ta'kidlagan.
Avvalroq, Trampning yordamçisi ham AQŞning saylangan prezidenti Amerika maxsus xizmatlarining «rossiyalik xakerlar» harakatiga oid hisobotiga qöşilişini aytgan edi.












