Anqaradagi Karyogdi köçasiga Rossiyaning Turkiyadagi elçisi, 19 dekabrda öldirilgan Andrey Karlovning nomi berildi. Aynan şu köçada Rossiyaning elçixonasi joylaşgan. Bu haqda Rossiyaning Anqaradagi elçixonasi vakili ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Köçaning Karlov şarafiga qayta nomlanişi Anqara şahar munitsipaliteti yiğilişida bir ovozdan qabul qilindi. Ertaga elçixonaga Anqara meri Melix Gyokçek kelib, buni rasman e'lon qiladi", deb aytgan vakil.
Karlov 19 dekabrda Anqarada fotokörgazmaning oçilişi vaqtida otib öldirilgandi.












