Under Armour kompaniyasi CES elektronika körgazmasida sportçilarga uyqu vaqtida tiklanişga va toliqtiruvçi maşqlardan keyin özini yaxşi his qilişga yordam beradigan pijamalar qatorini taqdim qildi. Bu haqda Mashable naşri xabar bermoqda.
Bir qaraşda Athlete Recovery Sleepwear deb nom olgan uyqu uçun innovatsion kiyim oddiy pijamadek körinadi, biroq uning orqa tomoni tibbiyotda zararlangan töqimalarni tiklaş uçun işlatiladigan material – biokeramikani öz içiga olgan.
Under Armour’ning ta'kidlaşiça, biokeramika unsurlariga ega kiyimdagi uyqu ança toliqtirgan maşğulotdan keyin tiklaniş vaqtini qisqartiradi. Bunday pijamaning narxi 80 dollarni taşkil qiladi.














