Xitoy Olimpiya terma jamoasining sobiq şifokori Syue Insyan ARD telekanaliga bergan intervyusida xitoylik sportçilar 1980- va 1990-yillarda erişgan barça medallar doping evaziga qölga kiritilganini ma'lum qildi. 

"Öşa vaqtda milliy jamoalar tarkibiga kirgan xitoylik sportçilar dopingni keng qöllaşgan. Ular qölga kiritgan medallar doping bilan bulğangan va ularni qaytariş lozim. Gap 10 mingdan ziyodroq sportçi haqida ketmoqda. Xitoyda faqatgina dopingga işonişgan. Faqat doping qabul qilganlargina mamlakat şa'nini himoya qila olgan. Dopingga qarşi çiqqanlar hozirda turmalarda ötirişibdi. Doping qabul qilişni rad etganlar, jamoadan çiqarilib taşlangan. 2008 yilgi Olimpiada oldidan meni doping haqida gapirmaslikdan ogohlantirişgan. Biroq men jim tura olmadim. Mening yonimga doimo kelişardi, şu tufayli öğillarim işidan ayrildi", deb ayolning aytgan sözlarini Inside the Games naşri keltirib ötgan.

Şifokorning aytişiça, dopingni barça xitoylik sportçilar 11 yoşdan qabul qila boşlaşgan. 

Ta'kidlanişiça, 79 yoşli ayol hozirda Germaniyada yaşaydi. U 2 yil avval u yerdan boşpana söragan.