00:00 / 05.11.2021
11983

Sportrico tarixda eng ko‘p haq to‘langan sportchilar reytingini e'lon qildi

Sportrico nashri uzoq izlanishlar, insaydlar, matbuotdagi ma'lumotlar asosida tarixda eng ko‘p haq to‘langan sportchilar reytingini tuzib chiqdi. 

Foto: AP/ADOBE/DESIGNED BY MARIO PAULIS

Unda sportchilarning shu paytgacha ishlab topgan maoshi, reklama shartnomalari va boshqa daromadlari hisoblangan. 1-o‘rinni amerikalik basketbolchi Maykl Jordan egalladi

Reytingdan 4 nafar futbolchi joy olgan: Krishtianu Ronaldu (5), Lionel Messi (8), Devid Bekhem (12) va Neymar (21).

To‘liq ro‘yxat bilan tanishing:
1. Maykl Jordan (basketbol) – 2,62 mlrd dollar;
2. Tayger Vuds (golf) – 2,1 mlrd;
3. Arnold Palmer (golf) – 1,5 mlrd;
4. Jyek Niklaus (golf) – 1,38 mlrd;
5. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 1,24 mlrd;
6. Floyd Meyvezer (boks) – 1,2 mlrd;
7. Lebron Jyeyms (basketbol) – 1,17 mlrd;
8. Lionel Messi (futbol) – 1,14 mlrd;
9. Mixael Shumaxer (avtopoyga) – 1,13 mlrd;
10. Rojyer Federer (tennis) – 1,12 mlrd;
11. Fil Mikelson (golf) – 1,08 mlrd;
12. Devid Bekhem (futbol) – 1,05 mlrd;
13. Kobe Brayant (basketbol) – 930 mln;
14. Shakil O’Nil (basketbol) – 870 mln;
15. Greg Norman (golf) – 815 mln;
16. Mayk Tayson (boks) – 775 mln;
17. Aleks Rodriges (beysbol) – 650 mln;
18. Menni Pakyao (boks) – 630 mln;
19. Kevin Dyurent (basketbol) – 625 mln;
20. Lyuis Hemilton (avtopoyga) – 620 mln;
21. Neymar (futbol) – 615 mln;
22. Jyeff Gordon (avtopoyga) – 595 mln;
23. Oskar De La Xoyya (boks) – 580 mln;
24. Peyton Menning (amerikancha futbol) – 570 mln;
25. Derek Jiter (beysbol) – 555 mln.

Mavzuga oid
Top