Argentinalik sobiq futbolçi Diyego Maradona FIFA Argentina futbol assotsiatsiyasini (AFA) öz tarkibidan çiqarib yuborişi mumkinligi haqida gapirdi. Afsonaviy argentinalik futbolçining sözlariga köra, bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino özaro suhbat vaqtida aytgan.
«Infantino AFA FIFAdan çetlatilişi mumkinligini istisno etmadi. U menga dedi: «Argentinadan kelib tuşgan ma'lumot, soçimni tikka qildi. Agar AFA çetlaştirilsa, men har bir argentinalikka terma jamoaning xalqaro turnirlarda qatnaşmasligini bittalab tuşuntiraman», — deya Maradonaning sözlarini keltirgan Ole naşri.
Maradonaning özi ham AFA taşkilotini bir neça bor tanqid qilgan, rahbariyatni futbolga aloqasi yöq korruptsionerlar va mafiozlar tödasi deb atagandi.












