Özbekistonning Birinçi Prezidenti, marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva Los-Anjyelesda bölib ötgan "Oltin globus-2017" kinofestivalining qizil yölakçasida namoyon böldi. Bu haqida CAFB.Asia'ning Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilindi. 

Manbaga köra, Lola Karimova-Tillayeva "Oltin globus" qizil yölakçasida Tom Ford libosida köriniş bergan. Uzun oqşom köylagi ilon terisi printlari bilan işlangan bölib, uni şarf va oq möyna töldirib turibdi. 

Qizil yölakçada Lola Karimova-Tillayevadan taşqari köplab Hollivud yulduzlari suratga tuşişdi. 

"Oltin globus" kinomukofotining 74 -taqdimot marosimi 8 yanvardan 9 yanvarga ötar keçasi bölib ötdi.

Bugun Amerikaning Los-Anjyeles şahridagi «Beverli Hilton» mehmonxonasida «Oltin globus» kinomukofotlarini topşiriş marosimi bölib ötdi. 

«Oltin globus» mukofotini «Eng yaxşi komediya yoki myuzikl» yönalişida «La-La Lend» (La La Land) filmi qölga kiritdi. Şuningdek, uşbu kartina eng yaxşi rejissyorlik işi, eng yaxşi ssenariy, musiqa va original qöşiq yönalişlarida ham mukofotlarga ega böldi.