Argentina terma jamoasining sobiq futbolçisi va boş murabbiyi Diyego Maradona “Barselona” hujumçisi Lionel Messining FIFAning taqdirlaş marosimiga kelmagani yuzasidan öz fikrlarini bildirib ötdi. Mukofot Madridning “Real” klubi forvardi Kriştianu Ronalduga nasib etdi. Şuningdek, sovringa Messi va «Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmann ham da'vogarlik qildi.
“Mening Messidan könglim qoldi. Uyda televizor oldida ötirib, heç kim bilan kuraş olib borib bölmaydi. Men “Barselona” vakillari nima uçun kelişmaganini bilmayman. Öylaşimça, u Tsyurixga kelib, Barselonadagidan ham köproq kuraş olib borişi mumkin edi”, - deya Maradonaning sözlarini keltiradi TVE.
Ma'lumot uçun, Ronaldu ovoz beriş yakuniga köra 34,4 foiz ovoz töplagan bölsa, Messi- 26,42 foiz, Grizmann esa 7,53 foiz ovozni qölga kiritdi.











